So‘nggi 40 kunda 8 marta tezlikni oshirgan haydovchi odam bosib o‘ldirdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Surxondaryoda haydovchi yo‘l chetida turgan piyodalarni bosib ketdi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 24 dekabr kuni soat tonggi 6:30 da Sho‘rchi tumanida 29 yoshli haydovchi katta tezlikda harakatlanib, yo‘l chetida turgan ikki fuqaroni urib yuborgan. Oqibatda ulardan biri voqea joyida vafot etgan. Yana biri esa shifoxonaga jo‘natilgan.

Mashina tekshirilganda haydovchi so‘nggi 40 kunda 8 marotaba tezlikni oshirgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Surxondaryoda “svet” o‘chgani tufayli svetofor ishlamagani sabab ikkita Nexia to‘qnashishi oqibatida ikki fuqaro vafot etgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

410

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing