Sun’iy intellektning prognozi to‘g‘ri chiqdi
Sport
−
21 dekabr 2022 3729 1 daqiqa
Sun’iy intellekt to‘rtinchi marotaba futbol bo‘yicha Jahon chempionati g‘olibini to‘g‘ri aniqladi. Bu haqda “E.A.com” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Electronic Arts” kompaniyasining “FIFA-2023” deb nomlangan sun’iy intellekti bu yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati g‘olibini ham to‘g‘ri taxmin qildi.
Bu sun’iy intellektning to‘rtinchi to‘g‘ri prognozi bo‘lib, bundan oldin u 2010, 2014 va 2018 yillardagi Jahon chempionatlarining natijalarini ham to‘g‘ri topgan.
Ma’lumot uchun, Jahon kubogi finalida Argentina va Fransiya jamoalari to‘qnash keldi.
O‘yin shiddatli kechib, uning natijasini penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Lionel Messi o‘z xatti-harakatlari bilan Argentina jamoasiga 1986 yildan beri kutilgan Jahon kubogini, umumiy hisobda uchinchi mundial bosh sovrinini taqdim etdi.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi