Sun’iy intellektda Erdo‘g‘anning suratini yasagan erkak hibsga olindi (foto)

Olam

image

Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari Anqarada yashovchi fuqaroni sun’iy intellekt yordamida mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning suratini  yasagani uchun qo‘lga oldi. Bu haqda “Cumhuriyet” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, politsiya xodimlari Anqarada sun’iy intellekt yordamida Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Adliya vaziri Akin Gyurlek ishtirokidagi fotosuratlarni yasagan erkakni ushlagan. Politsiya talqiniga ko‘ra, erkak ushbu fotolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

“Gumonlanuvchi WhatsApp statusiga Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Adliya vaziri Akin Gyurlek bilan tushgan, shuningdek, taxminlarga ko‘ra, sun’iy intellektdan foydalangan holda yaratilgan o‘z fotosuratlarini joylashtirgan”, deyiladi Anqara prokuraturasi xabarida.

Tergovning hisoblashicha, qo‘lga olingan shaxs shu yo‘l bilan o‘zida yuqori martabali mulozimlar bilan aloqalar mavjudligi haqida taassurot uyg‘otgan bo‘lishi mumkin. Tergov harakatlari nufuzni suiste’mol qilib savdolashish hamda xavotir, qo‘rquv yoki vahima keltirib chiqarish maqsadida yolg‘on ma’lumotlarni oshkora tarqatish gumoni bo‘yicha olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2016 yil 15 iyuldagi davlat to‘ntarishiga urinish vaqtida Rajab Toyib Erdo‘g‘anga suiqasd uyushtirishda ishtirok etganlikda ayblanayotgan, xalqaro qidiruvda bo‘lgan B.K. ismli shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing