Sun’iy intellekt yaratgan qo‘shiq ijtimoiy tarmoqlarni “portlatdi" (video)
Madaniyat-san’at
−
18 aprel 2023 36337 2 daqiqa
Sun’iy intellektdan foydalangan holda amerikalik mashhur san’atkorlar Drake va The Weeknd ovozlarini klonlash orqali yaratilgan qo‘shiq ijtimoiy tarmoqlarni “portlatdi”. Bu haqda BBC xabar berdi,
“Heart On My Sleeve” deb nomlangan trek The Weeknd’ning sobiq sevgilisi, mashhur pop yulduzi va aktrisa Selena Gomez haqida.
“Bu sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan musiqaning birinchi namunasi bo‘lib, meni hayratda qoldirdi”, deb yozgan sun’iy intellekt loyihalari ustida ishlayotgan Makkey Rigli Twitter'da.
Qo‘shiq 14 aprel kuni e’lon qilingan. Shundan beri tarona TikTok’da 8,5 million martadan ko‘proq ko‘rilgan. Trekning to‘liq versiyasi esa Spotify’da 254 000 marta eshitilgan.
Qo‘shiq takrorlanuvchi pianino figurasi bilan boshlanadi. Biroq u mukammal emas. Qo‘shiqda demo versiyaga o‘xshash past sifatli vayb mavjud, shuningdek, vokal ham ba’zan xiralashgan. Aytishlaricha, bu sun’iy intellektning dastlabki ishidagi kamchiliklar bo‘lishi mumkin.
Hozirda hech bir san’atkor mazkur qo‘shiqqa munosabat bermagan, biroq Drake yaqinda uning ovozi klonlanganidan noroziligini bildirgan.
Fransiyalik DJ David Guetta esa texnologiyadan faqat vosita sifatida foydalanish kerakligini aytyapti.
“Hech narsa haqiqiy san’atning o‘rnini bosa olmaydi. San’atkorni ifodalaydigan jihat shundaki, unda ma’lum bir did, u namoyon etmoqchi bo‘lgan ma’lum bir his-tuyg‘u bo‘ladi va buning uchun esa u barcha zamonaviy asboblardan foydalanadi”, deydi DJ.
Texnologiyaning tez o‘sishi musiqa sanoatini hayratda qoldirdi. Masalan, "Heart On My Sleeve" mualliflik huquqini buzmaydi, chunki u butunlay orginal kompozitsiya bo‘lib ko‘rinadi.
Live
Barchasi