Sun’iy intellekt insoniyatga tahdid solmoqda
Texnologiya
−
14 mart
12593Sun’iy intellekt odamzodning yo‘q bo‘lib ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gladstone AI tomonidan tayyorlangan sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha hisobotda so‘z boradi.
Qayd etilishicha, 2022 yil noyabr oyida boshlangan tadqiqotda hukumat amaldorlari, ekspertlar va OpenAI, Google DeepMind, Anthropic va Meta kabi yetakchi sun’iy intellekt laboratoriyalari xodimlari bilan 200 dan ortiq tajribalar o‘tkazilgan. Tadqiqot sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha xavotirlarni ochib bergan.
“AI xavfsizligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” deb nomlangan hisobot 247 sahifadan iborat bo‘lib, 250 000 AQSH dollari qiymatga ega.
U sun’iy ong bo‘yicha xatarlarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar, jumladan, sun’iy intellekt bo‘yicha Federal agentlikni tashkil etish, kuchli sun’iy intellekt modellari tafsilotlarini ommaga oshkor qilishni taqiqlash, sun’iy intellekt chiplari ishlab chiqarish ustidan nazoratni kuchaytirish va sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotlarni moliyalashtirish kabi yechimlarni taklif qiladi.
“Eng yomoni sun’iy intellekt insoniyatga yo‘q bo‘lib ketish darajasida xavf tug‘dirishi mumkin. Uning hozirgi rivojlanishi milliy xavfsizlikka shoshilinch va ortib borayotgan tahdidlarni keltirib chiqaradi. Ilg‘or sun’iy intellekt va umumiy sun’iy ongning rivojlanishi, xuddi o‘z vaqtida yadro qurolining paydo bo‘lishi kabi global xavfsizlikni beqarorlashtirish potensialiga ega”, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, tadqiqotchilar sun’iy intellekt bilan bog‘liq milliy xavfsizlik tahdidlarining oldini olish uchun AQSH hukumati tomonidan tezkor va qat’iy choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlagan.
Ulkanbayeva Rayhona
LiveBarchasi