Sulaymoniyning janozasida 30 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
07 yanvar 2020
11263Joriy yilning 3 yanvariga o‘tar kechasi AQSH aviazarbasi natijasida halok bo‘lgan Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Al-Quds” rahbari general Qosim Sulaymoniy 5 yanvar, yakshanba kuni dafn etilgan edi. Ommaviy janoza marosimi Eronning Ahvoz shahri shahrida o‘tkazildi.
Eron ma’muriyatining qayd etishicha, janoza marosimi ham talafotlarsiz kechmagan. Shu kuni 30 nafardan ortiq mahalliy xalq vakillari halok bo‘lgan. Jarohatlanganlar esa 190 nafarni tashkil etmoqda.
Janozaga yuz minglab eronliklar to‘plandi. Ular “Amerikaga o‘lim!” shiorlari bilan intiqom olish haqida baqirardi. Sulaymoniyning jasadi Ahvozda tashkil etilgan marosimdan keyin o‘zi tug‘ilib o‘sgan Kermonga olib borilishi va dafn etilishi kerak edi.
LiveBarchasi