Sulhning 2-bosqichi boshlanishi kutilayotganda Isroil G‘azoda 8 kishini o‘ldirdi
Olam
−
12 mart 2568 1 daqiqa
Isroil kuchlarining G‘azo sektoriga hujumi oqibatida bir kun ichida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ikki o‘rtada sulh bitimining ikkinchi bosqichi imzolanishi kutilayotgan bir paytda, Isroilning G‘azo sektoriga qaratilgan hujumlari oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning olti nafari Netsarim koridorida dronlar hujumi oqibatida halok bo‘lgan. Yana bir ayol Ash-Shauk shahrida dronning qulashidan vafot etgan. Boshqa bir kishi G‘azo markazida yarador holda topilgan. Isroilning ushbu harakatlari yangi kelishuvga putur yetkazishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Isroil va Falastin HAMAS harakati o‘rtasida sulh 19 yanvar kuni kuchga kirgan edi. Ushbu sulh uch bosqichdan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda tomonlar asirlarni va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishi kerak. Birinchi bosqich 1 mart kuni tugagan.
Keyinchalik, 2 martda AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonlarga yangilangan kelishuv loyihasini taqdim etdi. Isroil darhol AQSH tashabbusini qabul qildi. HAMAS esa bu tashabbusni qat’iyan rad etdi va avvalgi kelishuvlarga rioya qilishni davom ettirishini bildirdi. Ammo shundan so‘ng, Isroil HAMAS ushbu shartlarga rozilik bildirmasa, harbiy harakatlarni qayta boshlashi bilan tahdid qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr