Sulhga qaramay, AQSH va Eron raketa zarbalari almashdi

Olam

image

AQSH Eronga yangi raketa zarbalari berdi, Eron ham javob qaytardi. Bu haqda har ikki mamlakat harbiy idoralari xabar berdi.

 AQSH Markaziy qo‘mondonligi bayonotida aytilishicha, ushbu zarbalar Eronning Hormuz bo‘g‘ozidagi “tijorat kemalari qatnoviga qarshi davom etayotgan agressiyasi”, xususan, ikkita savdo kemasiga uyushtirilgan dron hujumlariga javob bo‘lgan.

Qo‘shma Shtatlar bayonotiga ko‘ra,  “harbiy kuzatuv ob’ektlari, Havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimi va dronlar omborlari” zarbalar nishoniga aylangan.

“Eronga o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni bajarish imkoniyati berilgan edi, biroq u buni qilmaslikni lozim topdi”, deyiladi bayonotda.

Harbiylarning bildirishicha, Hormuz bo‘g‘ozi orqali tijorat kemalarining harakati davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu Eron va AQSH tomonidan so‘nggi bir sutka ichida amalga oshirilgan ikkinchi zarbalar almashinuvi seriyasi. Zarbalarning qayta “tiklanishi” Eronning tijorat kemasini o‘qqa tutishi bilan boshlandi, AQSH bunga javoban Erondagi bir nechta nishonni urdi, Eron esa shundan so‘ng AQSHning Bahrayndagi ob’ektlariga zarba berdi va Hormuzdagi tankerni o‘qqa tutdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing