Sulh qisqa bo‘ladi, urush yana ikki oy davom etadi – Isroil Mudofaa vaziri

Olam

image

HAMAS bilan qisqa muddatli sulh tugashi bilan Isroil harbiylari intensiv ravishda jangovar harakatlarni davom ettiradi va hujumlar yana kamida ikki oyga cho‘ziladi. Bu haqda Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant ma’lum qildi. 

“Birinchi navbatda, yaqin kunlarda garovga olinganlarning ozod etilishini ko‘rasiz. Bu muhlat qisqa bo‘ladi”, deydi Gallant Isroil dengiz flotining 13-“Shayetet” bo‘linmasiga.

Gallant sulh davrida Isroil qo‘shinlari yangi janglarga tayyorgarlik ko‘rishi va qurol-yarog‘lar zaxirasini to‘ldirishi kerakligini aytib o‘tgan.

Shuningdek, u garovga olinganlarni ozod qilish uchun janglarni davom ettirish zarurligini bildirgan. 

Vazirning iddao qilishicha, Isroil guruhga bosim o‘tkazmasa, HAMAS ularni ozod qilmaydi.

“Biz g‘alabaga erishishimiz, shuningdek, keyingi garovga olingan guruhlarni ozod qilish uchun sharoit yaratishimiz kerak. Bu bosimni davom ettirgan taqdirdagina mumkin bo‘ladi”, deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Times of Israel”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 noyabr kuni bir necha soatlik muhokamalardan so‘ng, Isroil hukumati 4 kun davomida jangovar harakatlarni to‘xtatish evaziga G‘azo sektorida HAMAS tomonidan garovga olingan ba’zi isroilliklarni ozod qilishni nazarda tutuvchi kelishuvni ma’qullagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS Sulh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing