So‘qoqqa kuchli sel keldi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumani So‘qoq qishlog‘ida 13 aprel kuni kuchli sel kelgani haqida videoxabar tarqaldi. Toshkent viloyati hokimligi holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 13 aprel kuni qisqa muddatda yog‘ib o‘tgan ko‘p miqdordagi kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Parkent tumani So‘qoq qishlog‘ining Chashma mahallasida sel oqimlari yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida Parkent tumani So‘qoq qishlog‘ining Chashma mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi suv yo‘liga  kuchli yog‘ingarchilik oqibatida oqib kelgan suv sig‘may, mazkur hududdagi avtomobil yo‘lining qatnov qismiga toshib chiqqan.

Parkent tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tegishli xizmatlar tomonidan mazkur holat yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borilgan va o‘rganish natijasida hech qanday talafotlar yuzaga kelmaganligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet  joriy yilning 12-15 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent sel Parkent So'qoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing