Suga ilk xorijiy safarini oktyabrda amalga oshiradi

Olam

image

Yaponiyaning yangi Bosh vaziri Yoshihide Suga lavozimiga kirishganidan so‘ng birinchi xorijiy safarini oktyabr oyining o‘rtalarida amalga oshiradi

Yaponiya hukumati uning Vetnam va Indoneziyaga tashriflari bo‘yicha tashkiliy ishlar bilan shug‘ullanmoqda. Yo‘nalish tanlashda Yaponiya tomoni mamlakatlarning epidemiologik vaziyatini o‘rgangan.

Suga Vetnam Bosh vaziri Nguyen Suan Fuk va Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlarning asosiy mavzusi Yaponiya va ASEAN (Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi) o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Janubiy Xitoy dengizi mavzusi bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya parlamenti Sugani 16 sentyabr kuni yangi Bosh vazir etib tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing