"Sudoche ko‘lida 278 gektar qamishzor chaqmoq natijasida yongan, boshqa fakt yo‘q” – Ekologiya qo‘mitasi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanidagi Sudoche ko‘lida yong‘in yuz bergani haqida xabar bergan edik.

Sudoche ko‘lidagi yong‘inda 278 gektar maydondagi qamishzor yongan. Yong‘inga chaqmoq sabab bo‘lgan. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspeksiya boshlig‘i O‘lmas Sobirov jurnalistlar bilan ochiq muloqot vaqtida ma’lum qildi.

“Sudoche ko‘lining umumiy hajmi 50 ming gektarni tashkil etadi. Yong‘in natijasida shu hududdagi jami 278 gektar qamishzor yongan”, dedi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspeksiya boshlig‘i O‘lmas Sobirov.

Bu holatni o‘sha yerda bo‘lib turgan sayyoh xabar qilgani tasdiqladi. Qo‘mita vakili yong‘in sabablari haqidagi savolga javob berdi.

“Olovning kelib chiqishi va maydonga yoyilishi haqida aniq xulosalar bor. Yong‘in chaqmoqdan chiqqan, boshqa fakt yo‘q. Axir o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, ko‘l ichida juda katta radiusga ega qamishzor yonyapti, qanday omil sababli olov chiqishi mumkin? U yoqqa oyoq qo‘yolmaysiz, qayiq bilan borolmaysiz. Qamishzorga faqat vertolyot qo‘nishi mumkin. Birov chetdan turib, kamondan olovli o‘q otmagandir?! Xullas, sabab — chaqmoq. Qamish uchidagi momiq po‘panaklar juda tez yonadi, bilasizlar, uchqun chiqqandan so‘ng shamol ta’sirida olov birdaniga yoyilib ketgan”, dedi O‘lmas Sobirov qo‘shimcha qilib.

Yig‘ilishda shuningdek, poytaxt va viloyat hududlari yashil maydonlarining yangilanish jarayoni ketayotgani, daraxtlarni noqonuniy kesish hali ham kuzatilayotgani va bugun bu borada nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Shahar hududida daraxtlarni atmosferaning ifloslanish darajasiga qarab ekish ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak ekani qayd etildi. Masalan, yo‘lovchi yo‘laklari bo‘ylab “tirik devor” hosil qiladigan butalar o‘stirish natijasida transport shovqini, changning oldini olish mumkinligi aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sudoch'e Ekologiya qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing