Sudlarning noqonuniy qarorlari oqibatida qancha zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Sudlar tomonidan nizolarni hal etishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani, moddiy va protsessual huquq normalari talablariga to‘liq rioya etilmagani oqibatida 30 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, sudlar tomonidan noqonuniy qurilmalarga mulk huquqini belgilash bo‘yicha 109 ta noqonuniy sud qarorlari qabul qilingan. Oqibatda 30 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlar boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilib, davlatga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Bunday holatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri (65) va viloyatida (21) aniqlangan.

Noqonuniy sud qarorlarining 78 tasi prokuror protestlari va manfaatdor shaxslarning shikoyatlari bo‘yicha bekor qilingan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda 18 ta sud qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan berilgan shikoyatlar sudlarda ko‘rib chiqilmoqda va qolgan sud qarorlari o‘rganilmoqda.

Sudlarning noqonuniy qarorlari oqibatida davlat va jamiyatga zarar yetkazilgani va boshqa qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani yuzasidan jami 7 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing