Superliga mashmashasi: sud UEFA prezidentiga 5 kun muhlat berdi

Sport

image

Kecha, 20 sentyabr kuni Madrid sudi sudyasi Manuel Ruis de Lara Superliga asoschilari hisoblangan klublarga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish va bu haqda rasman e’lon qilish uchun Birlashgan Yevropa futbol assotsiatsiyasiga (UEFA) 5 kun muhlat berdi.

Yuqoridagi talab bajarilmagan taqdirda, UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin itoatsizligi uchun javobgarlikka tortiladi.

“UEFA Yevropa Ittifoqida professional futbol musobaqalarini tashkil etish uchun bozordagi erkin raqobat tamoyiliga putur yetkazadigan amaliyotlarni ochiq targ‘ib qilib, qonundan tashqari harakat qilmoqda”, deyiladi Madrid sudi bayonotida.

Avvalroq, Yevropaning eng kuchli futbol klubi rahbarlari yangi chempionat – Yevropa Superligasi tashkil etilganini e’lon qilgandi. “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Tottenxem”, “Liverpul”, “Chelsi” , “Arsenal”, “Barselona”, “Atletiko” , “Real”,  “Milan”, “Inter” va “Yuventus” klublari yangi turnirning asoschi jamoalari bo‘lgandi.

So‘ngra UEFA Superliga ishtirokchilarini Yevropa va Jahon chempionatlarida qatnashishini taqiqlashini e’lon qildi. Bundan tashqari, UEFA Superligada o‘ynovchi klublarni o‘z musobaqalaridan chetlatishini ham qo‘shimcha qildi. Ko‘plab boshqa klublar, milliy assotsiatsiya va futbol vakillari Superliga g‘oyasini qoralab chiqishdi.

Futboldagi mojaro, hatto, siyosatchilar e’tiboridan ham chetda qolmadi. Yettita Bosh vazir “huquqiy bomba” bilan tahdid qildi. Shundan so‘ng, jamoalar birin-ketin Superliga g‘oyasidan voz kecha boshladi.

Shu tariqa “Real” prezidenti Florentino Peres boshchiligida tuzilajak loyiha barbod bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Superliga Aleksandr Cheferin UEFA superligasi Madrid sudi Manuel' Ruis de Lara

Baholaganlar

58

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing