Sud raisi YTHda vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudining raisi Aziza Mirzayeva 39 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

“Oliy sud jamoasi jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudining raisi Aziza Mirzayevaning bevaqt vafoti munosabati bilan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi Oliy sud xabarida.

QALAMPIR.UZ vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Oliy sud matbuot kotibi Surayyoxon Xo‘jamqulova bilan bog‘landi. Uning bildirishicha, Aziza Mirzayeva yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Aziza Mirzayeva 2024 yil dekabr oyida sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudining raisi lavozimiga tayinlangan.

QALAMPIR.UZ marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbek boksining afsonaviy vakillaridan biri, mamlakat tarixidagi ilk jahon chempioni Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing