Sud Putinning Londonda yashayotgan dushmanini hibsga olishga hukm chiqardi

Olam

image

Moskvaning Basmanniy tuman sudi yozuvchi Boris Akuninni (haqiqiy ismi Grigoriy Chxartishvili) terrorizmga chaqiriqlar va Rossiya armiyasi haqidagi soxta xabarlar uchun sirtdan hibsga olish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda ''Interfaks'' xabar berdi.  

“Sud Chxartishviliga nisbatan Rossiya Federatsiyasi hududida qo‘lga olingan yoki Rossiya Federatsiyasiga ekstraditsiya qilingan paytdan boshlab ikki oy muddatga ehtiyot chorasi sifatida uni hibsda saqlashni tanladi”, deya aniqlik kiritdi sud matbuot xizmati. 

Qayd etish joizki, nafaqat yozuvchi, balki  adabiyotshunos, tarjimon, jamoat arbobi bo‘lgan Boris Akunin 2014 yildan beri Londonda yashaydi. U Anna Borisova va Anatoliy Brusnikin kabi adabiy taxalluslar bilan ijod qilgan.

Boris Akunin siyosiy bayonotlari va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rejimini tanqid qilgani bilan tanilgan. U Putinni sevishdan ko‘ra undan qo‘rqishni afzal ko‘rgan.

2023 yil 18 dekabrda yozuvchiga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.2-moddasi (terrorizmni ommaviy oqlash) va 207.3-moddasi (Rossiya armiyasi haqida bila turib yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish) bilan jinoiy ish ochilgan. 

Rosfinmonitoring uni terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritgan. 2024 yil 26 yanvarda Ichki ishlar vazirligi yozuvchini qidiruvga berdi. Boris Akuninning kitoblari sotuvdan olib tashlandi. Rossiya teatrlari ham yozuvchining asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllarni bekor qila boshladi.   

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning Rostov viloyatidagi Shaxti shahar sudi 72 yoshli pensioner Yevgeniya Mayborodani Rossiya armiyasi haqida “soxta xabarlar” tarqatganlikda aybdor, deb topgan va uni besh yarim yilga ozodlikdan mahrum qilgandi.

Otaboyeva Madina


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing