Sud Imron Xonni hibsga olish orderini to‘xtatib qo‘ydi 

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, Pokistonning sobiq Bosh vaziri va muxolifatdagi “Adolat harakati” partiyasi yetakchisi Imron Xon terrorchilikda ayblangan edi. Bugun, 21 mart kuni Lahor Oliy sudi uni hibsga olish orderini 27 martga qadar to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda “Dawn” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hibsga olish orderini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror Xon ishtirokida sudda e’lon qilingan. Garchi Vazirlar Mahkamasining sobiq rahbari “Adolat harakati”ga nisbatan politsiya zo‘ravonligidan so‘ng uning hayoti xavf ostida qolganini aytib, sudga kelishdan bosh tortgan bo‘lsada, mazkur sud majlisini o‘tazib yubormagan. 

Xonga nisbatan terrorchilik ayblovlari 18 mart kuni Islomobodda Xon kortejiga hamrohlik qilgan huquq-tartibot idoralari xodimlari va “Adolat harakati” partiyasi tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvdan so‘ng paydo bo‘lgandi. O‘shanda Pokistonning sobiq Bosh vaziri o‘z vakolati chog‘ida xorijlik yetakchilardan olgan qimmatbaho sovg‘alarni sotish bo‘yicha sud majlisida ishtirok etish uchun poytaxt sudiga ketayotgan edi.

Shu kuni politsiya Xonning Lahordagi qarorgohida “Adolat harakati” partiyasi faollarini hibsga olish va muxolifat faollarining lagerlarini buzish bo‘yicha operatsiya davomida kuch ishlatgan. Muxolifat tarafdorlari esa huquq-tartibot xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, ularga qarshi o‘qotar qurol va molotov kokteyli uloqtirgan. Xonning uyi tintuv qilinib, undan qurol va o‘q-dorilar topilgan. Rasmiylar Pokiston poytaxti va Lahorda 300 dan ortiq namoyishchini qo‘lga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing