Stubb Trampni saunaga taklif qildi (video)

Olam

image

Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb AQSH Prezidenti Donald Trampga birga saunaga borib, Grenlandiya atrofidagi vaziyatni muhokama qilish taklifini berdi. Bu haqda u “The Washington Post” nashriga bergan intervyusida gapirdi.

“Ba’zan biroz to‘xtab olish foydali. Bilasizmi, saunaga borish, yaxshilab bug‘lanish, keyin esa yechim topish kerak. Golf diplomatiyasidan sauna diplomatiyasiga. Nega endi yo‘q?” deydi Stubb.

Stubb o‘zini “boshdan-oyoq fin” deb atar ekan, ba’zan muhim qarorlarni aynan saunada yaxshilab bug‘lanib chiqqandan keyin qabul qilishini aytgan. Shuningdek, u Davosda bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumi doirasida “anchayin murakkab vaziyat”ni hal qilishga umid bildirgan.

Ma’lumot uchun, sauna diplomatiyasi – bu Finlyandiya tashqi siyosatiga xos bo‘lgan norasmiy muloqot usuli bo‘lib, unda muhim siyosiy muzokaralar va diplomatik uchrashuvlar sauna (issiq hammom) ichida o‘tkaziladi. Sauna diplomatiyasi, ayniqsa, Finlyandiyaning sobiq prezidenti Urxo Kekkonen (1956–1982) davrida mashhur bo‘lgan. U sovet rahbarlari, jumladan, Nikita Xrushchyov bilan saunada muzokaralar o‘tkazib, Finlyandiyaning betarafligini saqlab qolish va G‘arb bilan yaqinlashish masalalarini hal qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Daniya va Grenlandiya Mudofaa vazirlari Grenlandiyani ehtimoliy tahdidlardan himoyalash maqsadida NATO missiyasini (Alyans qo‘shinlarini) Arktika mintaqasiga joylashtirishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Aleksandr Stubb sauna

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing