Strategik rivojlanish agentligi tashkil etiladi — Prezident farmoni

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda Strategik rivojlanish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonida belgilandi.

Agentlikning maqsadsi – mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilagn islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlarni takomillashtirish, hududlar va tarmoqlarning jadal rivojlanishini ta’minlash uchun ularning investitsiyaviy jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirish.

Agentlikning asosiy vazifalari sifatida tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o‘rganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli tarmoqlari va yo‘nalishlarini aniqlash va boshqalar belgilanmoqda.

Agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini, samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini, uning faoliyati bilan bog‘liq boshqa qarorlarni O‘zbekiston Prezidenti raisligidagi Strategik rivojlanish agentligining Kengashi tasdiqlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing