Stokgolmda O‘zbekiston elchixonasi ochiladi

Jamiyat

image

Stokgolmda O‘zbekistonning elchixonasi ochiladi. U O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi hisoblanadi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 avgust kuni O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchixonasining birinchi diplomati Stokgolmga kelgan. Maslahatchi etib tayinlangan Nodir G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi Muvaqqat ishlar vakili vazifasini bajaradi.

U Farg‘onada tug‘ilgan, 50 yoshda. 1993 yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning Sharq filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Shvetsiyaga jo‘nab ketishdan oldin u Tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ingliz, arab, rus va fransuz tillarini biladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing