Stiven Sigal Toshkentga keladi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 28 sentyabridan 3 oktyabriga qadar Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida 30ga yaqin mamlakatdan taniqli kinoyulduzlar ishtirok etadi. 

Shular safida amerikalik taniqli aktyor, kinoprodyuser, ssenarist, kinorejissyor Stiven Sigal ham Toshkentga tashrif buyuradi. 

Stiven Sigal Toshkent xalqaro kinofestivalining faxriy mehmoni bo‘lib, u  Samarqand viloyatidagi yangi kinoteatri ochilishi marosimida ishtirok etadi. 

Aktyor festival doirasida kinoaktyorlik va rejissura bo‘yicha bir qator mahorat darslarini o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, Stiven Sigal “Mukammal qurol”, “Nishon ostida”, “Ruslan” kabi ko‘plab mashhur filmlarda bosh rolni o‘ynagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

439

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing