E’tirozlarga qaramay “Stixiya” festivali o‘tkaziladimi? Hokimiyat “tilga kirdi”

Jamiyat

image

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining To‘dako‘l suv havzasida o‘tkazilishi kutilayotgan “Stixiya” festivali jamoatchilikning salbiy fikrlari va muhokamalariga sabab bo‘lmoqda. Viloyat hokimligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Navoiy viloyati hokimligi rahbariyati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va e’tirozlarga sabab bo‘layotgan mazkur jarayonga aslo befarq emas. Shuningdek, rahbariyat ma’naviyatga zid, mentalitetga xos bo‘lmagan har qanday tadbirga qarshi ekanligini ma’lum qilgan.

“Shu bois, “Stixiya” festivalini o‘tkazuvchi Unidentified Projects Company MCHJ rahbariyati viloyat hokimligi tomonidan yuqorida qayd etilgan holatlar sodir etilmasligi bo‘yicha rasman ogohlantirilgan va ushbu MCHJ rahbariyatidan viloyat hokimining nomiga mazkur festival doirasida ma’naviyatimizga zid bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha kafolat xatlari olingan”, deyiladi munosabatda.

Xususan, Unidentified Projects Company MCHJ boshqaruv direktori Otabek Sulaymonovning viloyat hokimi nomiga yo‘llagan xatida festivalda kuchli alkogol ichimliklarini sotish va iste’mol qilish taqiqlangani, tartibni nazoratda saqlash uchun 45 nafar qo‘riqchi jalb etilishi va qoidalarga amal qilmaganlar hududdan chiqarib yuborilishi keltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy Stixiya To'dako'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing