Starmer Ukrainaga Britaniya raketalari bilan Rossiyaga hujum qilishga ruxsat berdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Ukraina tomonidan Rossiyadagi harbiy nishonlarga hujum qilish uchun Britaniyaning Storm Shadow raketalaridan foydalanishini istisno qilmadi.  Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Starmerning ta’kidlashicha, raketalar “xalqaro gumanitar qonunlarga muvofiq aniq qo‘llanilishi kerak”.

“Ammo Ukraina ulardan mudofaa maqsadlarida qanday foydalanishni o‘zi hal qilishi kerak”, deydi Britaniya Bosh vaziri.

Storm Shadow 250 kilometrdan ortiq masofaga ucha oladigan raketa bo‘lib, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan ishlab chiqilgan.

Ma’lumot uchun, may oyi boshida o‘sha paytdagi  Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Ukraina o‘zini himoya qilish maqsadida Rossiyaga zarba berish uchun London tomonidan yetkazib berilgan qurollardan foydalanish huquqiga ega ekanligini aytgandi. Shundan so‘ng yana to‘qqizta davlat Kiyevga o‘z harbiy yuklari bo‘yicha xuddi shunday rozilik berdi. Xususan, bu Fransiya, Niderlandiya, Polsha, Shvetsiya, Finlyandiya, Chexiya, Litva, Latviya va Estoniya tomonidan amalga oshirildi. Keyin Qo‘shma Shtatlar bu masala bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirib, ruxsat faqat Rossiya chegara hududlaridagi harbiy nishonlarga hujum qilish uchun berilishini belgilab qo‘ydi.

Ukraina Rossiyaning chuqur qismidagi harbiy nishonlarga Amerika qurollari bilan hujum qila olish uchun ushbu cheklovlarni olib tashlashni talab qilishda davom etmoqda. Bu 9 iyul kuni Vashingtonda boshlangan NATO sammitida muhokama qilinadigan asosiy masalalardan biridir. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham AQSHni Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiya hududidagi harbiy samolyotlarga hujum qilishiga ruxsat berishga chaqirdi.

Hozircha Qo‘shma Shtatlar Kiyevning qurollardan foydalanishiga qo‘yilgan barcha cheklovlarni olib tashlashga qarshilik ko‘rsatmoqda. Prezident Jo Bayden ma’muriyati bu Rossiya bilan munosabatlar keskinlashuvining oldini olish maqsadida qilinayotganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Buyuk Britaniya Ukraina Starmer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made