SSV Jirinovskiyning aniq holatini yashiryapti

Olam

image

Ayni vaqtda 75 yoshni qarshilagan Vladimir Jirinovskiyning ahvoli barqaror. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi rasman ma’lum qildi. 

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (RLDP) yetakchisi Vladimir Jirinovskiy joriy yilning 2 fevral kuni koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallangani tufayli Moskvadagi shifoxonaga yotqizilgandi. Bugun uning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bu xabarlarga to‘xtalmay, uning ahvoli barqaror ekanini aytmoqda. 

“Shifokorlar ushbu vaziyatda har tomonlama tibbiy yordam ko‘rsatishda davom etmoqda”, deydi vazirlik matbuot kotibi. 

Kecha, 10 fevral kuni Liberal-demokratlarning Dumadagi fraksiyasi Jirinovskiy tez orada to‘laqonli, faol ishga qaytishini ma’lum qilgan.

Mahalliy nashrlarning ikki kun avval xabar berganiga qaraganda, Jirinovskiy ahvoli og‘ir va u allaqachon sun’iy havo berish moslamasiga ulangan edi. Uning atrofidagi manbalarning bildirishicha, Vladimir Jirinovskiy qarindoshlari, hamkorlari, yaqinlari va shifokorlarini tanishni to‘xtatgan. Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi bu haqda ham miq etmayapti. 

Vladimir Jirinovskiy sobiq sovet davlatlariga aloqador turli xil tuturiqsiz provokatsion fikrlar bildirishi bilan odamlarga yaxshi tanish. Ko‘plab ekspertlar uni "Kremlning og‘zi" deb hisoblaydi.

So‘nggi bor u Qozog‘istonda yanvar oyida yuz bergan tartibsizliklar SSSR tarkibida bo‘lgan barcha respublikalarda sodir bo‘lishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Jirinovskiy

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing