SSV 6 oyda qancha odam koronavirusga qarshi emlanganini ma’lum qildi

Jamiyat

image

Joriyi yilning aprel-sentyabr oylari davomida O‘zbekistonda emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan katta aholining yarmidan ko‘pi 1-doza vaksinalarini oldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinatsiya boshlanganiga yarim yil bo‘ldi.

2021 yil 30 sentyabr holatiga ko‘ra, mamlakatda emlanishi ko‘zda tutilgan aholining yarmidan ko‘pi, ya’ni 53,6 foizi koronavirusga qarshi birinchi doza vaksinalarini olib bo‘lgan.

1-doza vaksinalari bilan emlangan aholi soni 11 491 111 nafarga yetgan. O‘zbekistonda emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan katta aholi qariyb 21,5 million nafarni tashkil etadi.

6 oy davomida mamlakatda emlanishi ko‘zda tutilgan aholining 21,2 foizi koronavirusga qarshi to‘liq boschiqlarda emlandi.

Umimiy hisobda barcha bosqichlarda emlangan fuqarolar soni 4 539 621 nafarni tashkil qilmoqda.

Shundan:

•    534 764 nafari 65 yoshdan oshganlar,
•    332 722 nafari tibbiyot xodimlari,
•    290 071 nafari maktab o‘qituvchilari,
•    109 235 nafari maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari,
•    478 896  nafari surunkali kasalligi bor fuqarolar va hokazo.

Eslatib o‘tamiz, 28 sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash yo‘lga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing