SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyov vafot etdi
Olam
−
31 avgust 2022 33418 1 daqiqa
SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyov 30 avgust kuni 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda Rossiya Markaziy klinik shifoxonasi xabar berdi.
“Mixail Sergeyevich Gorbachyov bugun kechqurun og‘ir va uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etdi”, deyiladi Markaziy klinik shifoxona xabarida.
Mixail Gorbachyov 1931 yil 2 martda tug‘ilgan. U 1990 yil 15 martdan 1991 yil 25 dekabrgacha SSSRning birinchi va oxirgi Prezidenti bo‘lgan. Bundan tashqari, u KPSS Markaziy Qo‘mitasining oxirgi Bosh kotibi va SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining raisi lavozimlarida ishlagan.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel