“SQB Math Olympiad – 2023” g‘oliblari aniqlandi

Biznes

image

Joriy yilning 17 iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda tijorat banklari xodimlari o‘rtasida mantiqiy matematika yo‘nalishida tashkil etilgan “SQB Math Olympiad – 2023” olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar umumiy hisobda 100 million so‘m mukofot puli bilan taqdirlandi.

“SQB Math Olympiad – 2023” Prezidentimizning 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida matematika sohasidagi ta’limni qo‘llab-quvvatlash, ilmni rivojlantirishga oid loyihalarda bank ishtirokini ta’minlash hamda iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularga moddiy va ma’naviy motivatsiya berish maqsadida tashkil etildi.

Joriy yilning 29 aprel kuni olimpiadaning saralash bosqichi o‘tkazilib, 403 nafar ishtirokchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakultetida o‘tkazilgan final bosqichida ular 10 ta muammoli masala (3 balldan), 10 ta tanqidiy fikrlash (3,1 balldan) hamda 10 ta IQ test (3,9 balldan) sinovlaridan o‘tkazildi.

Natijalar talabalar va bank tizimi xodimlari o‘rtasida alohida-alohida aniqlandi. Unga ko‘ra, 1-o‘ringa 4 nafar (shundan 2 nafari talaba), 2-o‘ringa 8 nafar (shundan 5 nafari talaba) hamda 3-o‘ringa 12 nafar (7 nafari talaba) ishtirokchilar munosib deb topildi.

Barcha g‘oliblar mos ravishda 5 800 000, 4 500 000 va 3 400 000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Loyiha doirasida O‘zsanoatqurilishbank va al-Xorazmiy Xalqaro olimpiada (Khiso) maktabi hamkorligida mantiqiy matematika masalalari kitobi nashr qilindi. G‘oliblarni taqdirlash marosimida ishtirokchilarga ushbu kitob ham taqdim etildi.

Ta’kidlash joiz, “SQB Math Olympiad – 2023” ni o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti hamda Khiso maktabi yaqindan ko‘mak berdi.

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

SQB Math Olympiad – 2023

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar