“Sputnik V” vaksinasi faqat amaldorlar uchun olib kelinganmi?
Jamiyat
−
06 may 2021
7443O‘zbekistonga Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi olib kelinishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda bu vaksina o‘zbek siyosiy elitasi uchun keltirilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova bu gap-so‘zlar qanchalik haqiqatga yaqinligiga oydinlik kiritish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonovga yuzlandi.
Botir Qurbonov “Sputnik V” bilan O‘zbekistonda kimlar emlanishiga aniqlik kiritib, ushbu vaksinasi O‘zbekistonga 65 yoshdan kattalarni emlash uchun olib kelinganini ta’kidladi.
“Sputnik V” vaksinasi bilan koronavirus bilan davolanilayotgan shifoxonalarda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarini ham emlash ko‘zda tutilgan. Hozir Toshkent shahridagi vaksinatsiya punktlariga "Sputnik V" vaksinasi bilan emlanish uchun murojaat qilayotgan 65 yoshdan kichik fuqarolarda norozilik paydo bo‘lyapti. Ammo, hozir faqat 65 yoshdan kattalarni ixtiyoriy tarzda uchta vaksinadan birini tanlagan holda emlashi ko‘zda tutilgan”, deydi Botir Qurbonov.
Mas’ulga ko‘ra, bugunga qadar Toshkent shahrida 23 mingdan ortiq fuqaro ushbu vaksinani qabul qilgan. Vaksina olib kelingan paytda uni sovuq haroratda saqlash kerekligi uchun faqat Toshkent shahrida foydalanish boshlangan.
“Bugun-ertadan butun Respublikamiz bo‘ylab ushbu vaksina bilan emalash ko‘zda tutilgan va bu jarayonda ham faqat 65 yoshdan kattalar emlanadi”, deya aniqlik kiritdi Qurbonov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aholini emlash jarayonida “Sputnik V” vaksinasidan foydalanish joriy yilning 28 aprelidan boshlangan.
LiveBarchasi