“Sputnik Ozarbayjon”da ishlagan Rossiya agentlari qo‘lga olindi
Olam
−
30 iyun 2025 11834 2 daqiqa
Ozarbayjon politsiyasi “Sputnik Ozarbayjon” ofisida o‘tkazgan operatsiya chog‘ida nashrda ishlayotgan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlarini qo‘lga oldi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Vesti.az”, APA va “Minval” agentliklari xabar berdi.
Rossiyaning “Sputnik” axborot agentligining Bakudagi tahririyati Metbuat prospekti, 23M, binoning to‘rtinchi qavatida joylashgan. Bugun, 30 iyun kuni tushdan keyin u yerga Ozarbayjon politsiyasi yetib borgan va Ozarbayjon matbuoti ularning harakatlarini maxsus operatsiya deb atagan. Xavfsizlik kuchlari bino oldidagi hududni o‘rab olgan va binolarni “nazoratga olgan”.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining ushbu agentlikda ishlagan ikki nafar xodimi qo‘lga olingan.
“Ozarbayjon politsiyasi ish joyida bo‘lmagan barcha xodimlarni “Sputnik” mahalliy vakolatxonasi ofisiga chaqirgan”, deb xabar beradi RIA Novosti.
Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova rossiyalik diplomatlar nashr jurnalistlari bilan ikki soatdan ko‘proq vaqt davomida bog‘lana olmaganini aytgan edi.
Ma’lumot uchun, 2025 yil fevralida Baku Ozarbayjon davlat ommaviy axborot vositalarining xorijdagi va mamlakatdagi xorijiy jurnalistlari faoliyatida paritetga erishish maqsadida agentlik faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. Ushbu qaror Ozarbayjon davlat ommaviy axborot vositalarining xorijdagi faoliyati va mamlakatdagi xorijiy jurnalistlarning tengligini ta’minlashga qaratilgan edi. Boshqacha aytganda, Bakuda ishlayotgan “Sputnik Ozarbayjon” jurnalistlari soni Rossiyadagi “AZƏRTAC” jurnalistlari soniga teng bo‘lishi kerak edi. Biroq “Sputnik Ozarbayjon” tahririyati bu qarorga amal qilmadi. O‘tgan davr mobaynida tahririyat va xodimlar o‘z faoliyatini to‘xtatgani yo‘q.
Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayxan Hojizodaga ko‘ra, agentlik faqat bitta muxbir uchun akkreditatsiya olishi mumkin.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025