Sportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga mos emas – Mirziyoyev
Jamiyat
−
23 may 2022
5342Joriy yilda sport sohasiga 2 trillion 300 milliard so‘m (2017 yildan 5 baravarga ko‘p), shundan sport ta’lim muassasalari uchun 1 trillion 200 milliard so‘m ajratildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 may kuni sport ta’limini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi besh yilda sportni rivojlantirishga qariyb 4 trillion so‘m yo‘naltirilib, 118 ta yangi yirik sport ob’ektlari foydalanishga topshirilgani va 110 ta ob’ekt rekonstruksiya qilingan.
Joriy yilda sport sohasiga 2 trillion 300 milliard so‘m (2017 yildan 5 baravarga ko‘p), shundan sport ta’lim muassasalari uchun 1 trillion 200 milliard so‘m ajratilgan. Ilk bor barcha mahallalardagi yoshlar yetakchilari, maktablarning jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport maktablari trenerlari ishtirokida yoshlarni sportga jalb etish bo‘yicha yangi besh bosqichli musobaqalarga start berilgan.
Aprel-may oylarida musobaqalar bilan 3 milliondan ziyod yoshlar qamrab olindi.
“Lekin, sportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas”, dedi davlat rahbari.
LiveBarchasi