Sport vazirligi va Turizm qo‘mitasi birlashtiriladi. Unga Abduhakimov rahbar bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tugatiladi. Vazirlik hamda Davlat turizm qo‘mitasi birlashtirilib, Unga Aziz Abduhakimov rahbarlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.

“Sen pastdagi vaziyatni bilasan, ko‘plab sport ob’ektlaridan foydalanilmaydi, foydali ish koeffitsiyenti 50 foizdan past. Ular 24 soat ishlashi kerak”, degan Shavkat Mirziyoyev Aziz Abduhakimovga.

Ma’lumot uchun, Aziz Abduhakimov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston badminton federatsiyasi raisi hisoblanadi. Shuningdek, 2019 yilning yanvarida unga Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatilgan.

Avvalroq, joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga rais etib saylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing