Spiker o‘rinbosari jurnalist va blogerlarni xavotirga qo‘ygan qonun loyihasiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev  palata tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonuni) O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi bo‘yicha jurnalist va blogerlarning hadik-xavotirli chiqishlariga munosabat bildirdi.

Unga ko‘r, deputatlar mazkur qonun tashabbuskorlari fikrini eshitgan va konseptual jihatdan shunday qonun qabul qilishga zarurat bor, degan to‘xtamga kelingan, ya’ni birinchi o‘qishda qabul qilingan, loyiha ustidagi muhokamalar endi boshlangan.

“Mazkur qonun loyihasida yolg‘onga qarshi kurashish, so‘z erkinligini hurmat qilish, turli sanksiyalanmagan da’vatlarning oldini olish va jamoatchilikka tarqatilayotgan axborotga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishga chorlov bor, xolos. Niyat shu ekani ochiq-oydin haqiqatdir.

Jurnalist va blogerlarning qonun loyihasiga, fikrning mazmuni va xulosalar turfaligidan qat’i nazar, jo‘shqinlik bilan munosabat bildirgani, muhokamalar bo‘layotgani yaxshi. Qonunchilik palatasi, hususan, qonun tashabbuskorlari bu taklif va mulohazalarni, albatta, atroflicha ko‘rib chiqadi, keyingi o‘qishlarda barcha jihatlar muhokama qilinadi”, deyiladi axborotda.

Tojiyevning qo‘shimcha qilishicha, yaqin orada parlamentning ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan aloqalarini yanada mustahkamlash masalasida davra suhbati tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalarining Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari tomonidan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid hujjat loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingandi. Unga ko‘ra, ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Shundan so‘ng, “Human Rights Watch” xalqaro tashkiloti ushbu holat yuzasidan xavotirli bayonot berdi

Shuningdek, Pandemiya fonida so‘z erkinligini “bo‘g‘gan” davlatlar e’lon qilindi. Ular orasida O‘zbekiston ham qayd etib o‘tildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing