SpaceX xodimlari Ilon Maskdan shikoyat qildi

Olam

image

SpaceX xodimlari ish paytida jarohatlanayotganlari sabab kompaniya direktori Ilon Maskdan shikoyat qildi.  Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi. 

Ularning so‘zlariga ko‘ra, xodimlar Maskning orzusi ushalishi – tezroq Marsga uchib borib, u yerda koloniya tashkil qilish istagi sabab so‘nggi to‘qqiz yilda 600 dan ortiq tan jarohati olish bilan bog‘liq holat yuz bergan. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab ishchilar jiddiy jarohat olgan yoki bir umrga nogiron bo‘lib qolgan. Jumladan, SpaceX kompaniyasining yuzdan ortiq xodimi kesilishlar yoki yaralardan aziyat chekkan, 29 holatda esa suyaklar singan yoki chiqib ketgan, to‘qqizta holatda bosh suyagi yorilgan. Bundan tashqari, sakkizta baxtsiz hodisa natijasida jabrlanganlarning oyoq-qo‘llari kesilgan, yetti kishining ko‘zlari shikastlangan, yana besh nafari kuyish jarohatini olgan.

Bildirilishicha, xodimlarning tan jarohatiga Mask belgilagan muddatda vazifani bajarish uchun asosiy xavfsizlik talablarini e’tiborsiz qoldirayotgani sabab bo‘lgan. Manbaning ma’lum qilishicha, SpaceX'da ishchilar o‘z xavfsizligi uchun javobgarlikni oladigan siyosat amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Adliya vazirligi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi ustidan sudga murojaat qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX Ilon Mask jarohatlar xodimlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing