Rim Papasining koronavirusga chalingani tasdiqlanmadi
Olam
−
03 mart 2020
4832Avvalroq, Rim Papasi Fransisk betobligi sababli 1 mart kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarni bekor qilgani, u koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 3 mart kuni Papa koronavirusni aniqlash testidan o‘tdi va natijada unda infeksiya yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
Muqaddas Taxt vakillari bu ma’lumotga hozircha izoh bermagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 90 927 nafarga yetdi. Ushbu kasallikdan 3124 kishi vafot etdi. 47 924 bemor shifo topgan.
Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80151 bemor – 2944 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (4812 – 34), Italiya (2036 – 52), Eron (1501 – 66), Yaponiya (274 – 6).
LiveBarchasi