Sonning ko‘zi operatsiya qilinadi

Sport

image

"Tottenxem"ning hujumkor yarim himoyachisi Son Xyon Min Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida "Marsel"ga qarshi o‘yinda (2:1) ko‘zidan jarohat olgandi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi operatsiya qilinadi. Bu haqda "shporlar" rasmiy saytida xabar berildi.

“Son Xyon Minning chap ko‘zidagi muammoni bartaraf etish uchun operatsiya qilinishini tasdiqlashimiz mumkin. Janubiy koreyalik futbolchi UEFA Chempionlar ligasi doirasida "Marsel"ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida jarohat oldi. Operatsiyadan so‘ng, Son bizning tibbiyot xodimlarimiz bilan reabilitatsiyani boshlaydi", deyiladi London klubi xabarida.

"Marsel" ustidan qozonilgan g‘alaba "Tottenxem"ga "D" guruhida 1-o‘rinni egallab, YeCHLning 1/8 finaliga chiqish imkonini berdi.

Joriy mavsumda Son London klubi safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golga hammualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Son Xyon MIN Tottenxem

Baholaganlar

92

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar