#SonetUzStyle tanlovi yakunlandi: g‘olibga yangi Kia Sonet topshirildi

Biznes

image

Toshkentda butun mamlakat bo‘ylab ishtirokchilarning 500 dan ortiq ishlarini jamlagan #SonetUzStyle milliy tanlovining yorqin va uzoq kutilgan yakunlari bo‘lib o‘tdi. Tanlov kreativlik, o‘zini namoyon qilish va yangi yuksak cho‘qqilarga intilish timsoliga aylandi. Uning finali esa ishtirokchilar va tomoshabinlar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan haqiqiy shouga aylandi.

Tanlov yoz boshida boshlandi va shu zahotiyoq katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. 500 dan ortiq ishtirokchilar Kia Sonet uslubi haqida o‘z g‘oyalarini yubordi. Tanlov formati ikki bosqichni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra, jasur g‘oyalari va professional taqdimoti bilan ajralib turadigan uch nafar ishtirokchi finalga yo‘l oldi.

Tanlovning tantanali yakuni Toshkentdagi Magic City bog‘idagi Registon maydonida bo‘lib o‘tdi. Bu yerdagi muhit haqiqiy festivalga monand edi: mehmonlar uchun interaktiv tanlovlar, fotozonalar, sovrinli o‘yinlar va chiqishlar tashkil etildi. Tomoshabinlar nafaqat yakuniy ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlashi, balki o‘zlari ham yorqin voqeaning bir qismiga aylanishi mumkin edi.

Ishtirokchilarning ishlarini baholash Kia vakillari hamda media va marketing sohasidagi mustaqil ekspertlar: Jahongir Latipov, Husnora Shodiyeva, Alisher Komilov va Artyom Cheleydan iborat professional hakamlar hay’atiga topshirildi. Ular barcha yakuniy ishlarning yuqori darajasini ta’kidlab, ularning har biri haqli ravishda g‘olib bo‘lishi mumkinligini aytdi. Shuning uchun ham hal qiluvchi pallada g‘olibni aniqlash uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

“Yakuniy bosqich ishtirokchilarining har biri yuqori darajadagi professionallik va kreativ fikrlashni namoyish etdi. Bularning barchasi ilhomlantiradigan va kelajakdagi tanlovlar uchun reja sifatida belgilaydigan loyihalardir”, dedi ADM Jizzakh rivojlanish bo‘yicha direktori Alisher Komilov.

Omad Laziz Shodiyevga (shodievman) kulib boqdi – aynan shu inson yangi Kia Sonet sohibi bo‘ldi. Yosh ijodkor tanlovda ishtirok etish uning uchun haqiqiy sinov bo‘lganini, g‘alaba qozonish esa orzusining ro‘yobi ekanligini tan oldi: 

“Men aynan o‘sha baxtli inson bo‘lishimga ishongan edim. Kia Sonet men uchun nafaqat avtomobil, balki yangi imkoniyatlar ramzidir”.

Qolgan finalchilar Izzat Mansurov (izzatmansuroff), shuningdek, by.neeboo va crbl_media juftligi ham e’tibordan chetda qolmadi va eng yangi iPhone 16 Pro smartfonlarni qo‘lga kiritdi. #SonetUzStyle tanlovi katta orzular ro‘yobga chiqishi, ijodiy loyihalar esa odamlarni birlashtirishi, his-tuyg‘ular ulashishi va yangi ufqlarni ochishi mumkinligining ramziga aylandi. Ishtirokchilarning ishlari shuni isbotladiki, uslub – bu o‘zini ifoda etish erkinligi, dadil g‘oyalar va yanada ko‘proq maqsadlarga intilish istagidir.

Telefon | Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Kia Kia Sonet SonetUzStyle

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing