Soliq qo‘mitasiga prokuraturadan chiqqan rais tayinlandi

Jamiyat

image

Farrux Po‘latov O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Farrux Jahongirovich Po‘latov O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lumot uchun, Farrux Po‘latov 1979 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda Farg‘ona politexnika instituti, 2010 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U 2001 yildan Farg‘ona va Namangan viloyatlarining prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (hozirgi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti) Farg‘ona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2018 yilning iyul oyidan 2022 yilning martigacha “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan. 

Farrux Po‘latov 2022 yil 29 martdan beri Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023 yil avgustidan beri Soliq qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelayotgan Sherzod Davlatovich Qudbiyev lavozimidan ozod etilgani va Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Soliq qo'mitasi Farrux Jahongirovich Po'latov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing