Soliqqa oid yana bir elektron tizim ishga tushadi
Jamiyat
−
13 Oktabr 2019
4371Keyingi yillarda O‘zbekistonda soliq siyosatiga oid qator o‘zgarishlar yuz bermoqda.
Endilikda QQS (qo‘shimcha qiymat solig‘i)ning ortiqcha summasini qaytarishning elektron tizimi yaratilmoqda
Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklarni yaratish, ayniqsa, eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida QQSning ortiqcha summasini qaytarishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqmoqda.
Bu orqali nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan QQSning ortiqcha summasini korxonalarning bank hisobvaraqlariga qaytarib berish jarayoni yanada soddalashtiriladi.
LiveBarchasi