Dronlar haqidagi ma’lumotlarni birlaştiruvçi yagona tizim şakllantiriladi

Jamiyat

−

image

Özbekistonda uçuvçisiz aviatsiya vositalari haqidagi ma’lumotlarni birlaştiruvçi yagona raqamli axborot tizimini şakllantirilib, parvoz hududlarini aniq belgilaş va ulardan foydalaniş tartiblari joriy etiladi.

Kelgusi öquv yilidan Transport universitetida uçuvçisiz aviatsiya tizimlari böyiça mutaxassislar tayyorlaşni yölga qöyiş va ta’limni amaliy maşğulotlar bilan uyğunlaştiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan iqtisodiyot tarmoqlarida uçuvçisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanişni kengaytiriş va sohani tartibga solişga doir taqdimotda söz boradi.

Ma’lumotlarga köra, global dron bozori yiliga 10-15 foiz sur’at bilan ösib bormoqda. Uşbu texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etiş mamlakatimizda ham iqtisodiy ösişni jadallaştiriş, yuqori malakali mutaxassislarga talabni oşiriş va yangi texnologik yönalişlarni rivojlantirişga xizmat qilişi mumkin.

Şu munosabat bilan taqdimotda Özbekistonda uçuvçisiz aviatsiya tizimlaridan fuqarolik maqsadlarida foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, sohada tadbirkorlik va investitsiya faoliyati uçun qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan takliflar körib çiqilgan.

Şu bilan birga, uçuvçisiz aviatsiyadan foydalanişni kengaytiriş parvozlar xavfsizligi va fuqarolarning şaxsiy hayoti daxlsizligini ta’minlaydigan zamonaviy tartibga soliş mexanizmlarini işlab çiqişni talab etadi.

Bugungi kunda dronlardan foydalanişning yagona qoidalari, ularni hisobga oliş va parvozlarni muvofiqlaştiriş, yetkazilgan zararni qoplaş hamda suğurtalaş mexanizmlarini takomillaştiriş zarurati mavjud.

Şu maqsadda uçuvçisiz aviatsiya vositalari haqidagi ma’lumotlarni birlaştiruvçi yagona raqamli axborot tizimini şakllantiriş, parvoz hududlarini aniq belgilaş va ulardan foydalaniş tartiblarini joriy etiş böyiça takliflar bildirilgan.

Taqdimotda uşbu yangi yönaliş uçun malakali kadrlar tayyorlaş va innovatsion ekotizimni rivojlantiriş masalalariga ham e’tibor qaratilgan.

Xususan, kelgusi öquv yilidan Transport universitetida uçuvçisiz aviatsiya tizimlari böyiça mutaxassislar tayyorlaşni yölga qöyiş, ta’limni amaliy maşğulotlar bilan uyğunlaştiriş, yoşlarning zamonaviy aviatsiya texnologiyalariga qiziqişini qöllab-quvvatlaş rejalaştirilmoqda.

Davlat rahbari tomonidan mutasaddilarga ilğor xorijiy tajriba asosida uçuvçisiz aviatsiya tizimlarini iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etiş, mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş, tadbirkorlar uçun qulay şaroitlar yaratiş yuzasidan qonunçilikni takomillaştirişga doir takliflar tayyorlaş böyiça topşiriqlar berilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing