Soliq hisobotini vaqtida topshirmaganlik uchun sanksiyalar bekor qilinadi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2021
3982Kecha, 7 sentyabr kuni O‘zbekiston Preziyednti “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Mazkur farmonga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab:
- kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi;
- tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.
- 2022 yil yanvar – iyul oylarida Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida hisobda turgan soliq to‘lovchilarning QQS, aksiz solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlarining soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarilishi va shakllantirib berilishi bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi.
LiveBarchasi