“Solidarnost” banki xorijiy fuqarolar uchun yangi karta – “WelcomeCard”ni taqdim etadi.
Biznes
−
20 yanvar 2022
6246Bu Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun yangi taklifdir. Kartani Moskva shahrining Ko‘p funksiyali migratsiya markazida patentni ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng, darhol olish mumkin.
UnionPay Gold “Welcome Card” kartasi qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:
• Kartani bepul chiqarish va xizmat ko‘rsatish;
• Barcha UzCard va HUMO kartalariga telefon raqami bo‘yicha O‘zbekistonga bepul o‘tkazmalari;
• O‘zbekistonda naqd pul yechib olish bilan AsiaExpress o‘tkazmalari;
• Bank hamkorlaridan kartaga 30 000 rublgacha qarz olish;
• Oziq-ovqat do‘konlaridagi xaridlar uchun 15 foiz to‘lovni rublda qaytarish;
• To‘lov haqidagi hujjatini olish bilan patent uchun to‘lovni amalga oshirish;
• O‘zbekiston hududidagi mobil aloqa, Kommunal va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
• Bankning mobil ilovasida sug‘urta uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
• UnionPay kartalariga dunyoning istalgan davlatiga bepul MoneyExpress pul o‘tkazmalari;
• O‘zbek tilidagi mobil ilova, aloqa-markazi va chat.
Bank karta egalariga yanada ko‘proq imtiyozlarni taqdim etadi. Rossiyada bo‘la turib, siz uyingizga mobil ilova orqali UzCard va HUMO kartalariga komissiyasiz, MoneyExpress o‘tkazmalari orqali UnionPay kartalariga, shuningdek, AsiaExpress pul o‘tkazmalari tizimi orqali rubl hisobvaraqlaridan komissiyasiz 75 dollardan boshlab pul o‘tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin. Barcha pul o‘tkazmalarini bank ofislariga tashrif buyurishga vaqtni behuda sarflamagan holda, onlayn tarzda amalga oshirish mumkin.
Bank hamkori (“Goffman” MCHJ MKK) “Solidarnost onlayn” mobil ilovasida qarz olish uchun arizani rasmiylashtirish va so‘ngra uni “WelcomeCard”da olish imkoniyatini taqdim etadi. Qarz Rossiya Federatsiyasi migratsiya markazlarida patent yoki boshqa xizmatlar to‘lovini amalga oshirish uchun taqdim etiladi.
Supermarketlarda, oziq-ovqat do‘konlarida, maishiy texnika do‘konlarida, fotostudiyalarda karta orqali to‘langan xaridlar uchun sarflangan pul mablag‘i miqdorining 15 foizini kartaga qaytarib beramiz. Xaridlar uchun pul mablag‘larini qaytarish aksiya amal qilgan davrida, xaridlar amalga oshirilgan kalendar oyi uchun hisoblanadi. Maksimal miqdor har bir mijoz uchun oyiga 3000 rublni tashkil etadi.
“Solidarnost onlayn” mobil ilovasida siz, shuningdek quyidagi imkoniyatlarga ham egasiz:
• omonat yoki hisob raqam ochish;
• valyuta ayirboshlash;
• sug‘urtani rasmiylashtirish;
• barcha kirim va chiqimlarni nazorat qilish, shuningdek, balansingizni kuzatib borish va boshqalar.
Kartani qanday rasmiylashtirish mumkin?
Har qanday bank ofisida, shu jumladan, Moskva shahridagi Ko‘p funksional migratsiya markazida yoki bank saytida ariza yuborish orqali rasmiylashtiriladi.
Karta hisobini qanday to‘ldirish mumkin?
• bank ofislari va bankomatlari orqali;
• Rossiya Federatsiyasining har qanday banki orqali telefon raqami bo‘yicha “Bank Rossii” tezkor to‘lov tizimi orqali (komissiyasiz oyiga 100 000 rublgacha) ish haqini o‘tkazish orqali (“Solidarnost” MCHJ AJ kartasiga ish haqini o‘tkazish to‘g‘risida ish beruvchiga ariza yuborish kerak);
• “Eleksnet” NTJ terminallarida (komissiyasiz);
• Qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa, aloqa-markazi yoki ofisga murojaat qiling. Sizga ona tilingizda javob beradilar.
Reklama huquqi asosida.
LiveBarchasi