Soxta hujjat bilan Qirg‘izistonga kirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlandi
Olam
−
17 Oktabr 2021
6474Qirg‘iziston davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda "Kabar" axborot agentligi xabar berdi.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 14 oktyabr kuni o‘tkazilgan tadbirlarda soxta hujjatlar bilan Qirg‘izistonga kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ushlangan.
Qayd etilishicha, 1990 yilda tug‘ilgan Yu.M. Sankt-Peterburg shahridan O‘shga aviareys orqali kelib, 1989 yilda tug‘ilgan M.A. nomiga rasmiylashtirilgan Qirg‘iziston pasportini taqdim etgan.
Gumonlanuvchi Qirg‘iston Jinoyat-protsessual kodeksining 98-moddasiga asosan davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.
Holat bo‘yicha MXDQ Jinoyat kodeksining 358-moddasi 1-qismi (Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish) bilan jinoyat ishi ochilib, sudgacha surishtiruv boshlangan.
Ayni paytda Qirg‘izistonning rasmiy hujjatlarini qonunga zid ravishda tayyorlash jarayoniga mansabdor shaxslarning aralashgan yoki aralashmaganini aniqlash maqsadida tezkor tergov tadbirlari olib borilayotgani, shuningdek, gumonlanuvchining davlat chegarasini noqonuniy buzib o‘tgan yuzasidan sudga qadar surishtiruv o‘tkazilayotgani aytilmoqda.
LiveBarchasi