Sog‘liqni saqlash tizimida bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash sohasida bir nechta tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Xurshid Hakimov Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.  

1988 yilda tug‘ilgan Xurshid Hakimov Toshkent tibbiyot akademiyasining bakalavr bosqichini tamomlagach, Rossiyaning A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi milliy tibbiyot markazida klinik ordinatura va aspirantura bo‘yicha tahsil olgan.

U 2021 yilda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati mintaqaviy filialida Rentgenendovakulyar xirurgiya bo‘limi boshlig‘i sifatida ish boshlagan.

Hakimov samarali faoliyati uchun “Shuhrat” medali va “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Shuningdek, Yusuf Mirxonov Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining tibbiy yordamni tashkillashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.  

1981 yilda tug‘ilgan Yusuf Mirxonov Toshkent tibbiyot akademiyasida bakalavr va magistratura bo‘yicha tahsil olgan. Faoliyatini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialida boshlagan Yu.Mirxonov bu yerda vrach-xirurg, bo‘lim mudiri, direktor o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Mirxonov Guliston shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i – ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri sifatida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash tayinlov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing