Sobiq tashqi ishlar vazirining ukasiga suiqasd uyushtirildi (video)
Olam
−
06 may 6782 1 daqiqa
Kecha, 5 may kuni Turkiyaning Antaliya viloyati Alanya tumanida sobiq tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lining ukasi Oydin Chovusho‘g‘liga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda “Haber Türk” xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirkor 52 yoshli Oydin Chovusho‘g‘li o‘ziga tegishli yonilg‘i quyish shoxobchasidagi ofisida o‘q bilan yaralangan holda topilgan. Shifoxonaga olib borilgan Chovusho‘g‘li operatsiyadan so‘ng jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Nashrning yozishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni xorijda bo‘lgan Mavlud Chovusho‘g‘li xabarni eshitishi bilanoq Antaliyaga qaytish uchun yo‘lga chiqqan. Antaliya viloyati hokimi Hulusi Shahin ham shifoxonaga borib, Oydin Chovusho‘g‘lidan xabar olgan.
Shifoxonadan olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uning sog‘lig‘i og‘ir ahvolda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqea sodir bo‘lgan ofis va yoqilg‘i quyish shoxobchasida tekshiruv o‘tkazgan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
Live
Barchasi