Sobiq senator O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi etib tayinlandi
Jamiyat
−
13 iyun 2020
5887Alisher Kurmanov O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi.
Bugun, 13 iyun kuni Alisher Kurmanov Toshkentdan Kiyev shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Alisher Kurmanov avval O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.
U avval O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ham faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi