Investorlar O‘zbekistonda qanday muammolarga duch kelyapti?
Jamiyat
−
17 avgust 2019
6742O‘zbekiston 3 yildirki xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga katta e’tibor berib kelyapti. Biroq qator qaror, farmon va huquqiy hujjatlarga qaramay investorlar O‘zbekistonga kirishida to‘siqlar saqlanib qolyapti.
Sansolarlik, yirik loyihlarning yetarli darajada ko‘p emasligi investorlarga to‘siq bo‘lib kelyapti, dedi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov aytib o‘tdi.
“Birinchidan, sansolarlik, byurokratiya hamon saqlanib qolyapti. Ikkinchidan, xorijiy investorlar uchun yaxshi katta loyihalar kerak. Bizda katta loyihalar bo‘lyapti. Biroq ular uchun bu yetarli emas. Uchinchi masala katta 1 mlrd dollarlik loyihani amalga oshirish uchun 5-6 yil kerak. Lekin kichkina 5-10 mln dollarlik loyihalar viloyatlarda amalga oshirilyapti”, dedi Alisher Kurmanov.
Senatorning so‘zlariga ko‘ra, kichik loyihalrning orasida 100 foiz eksportga yo‘naltirilganlari ham bor.
LiveBarchasi