Sobiq “Real” futbolchisi “Barselona”ni maqtadi

Sport

image

“Real”ning sobiq hujumchisi Antonio Kassano Kataloniyaning “Barselona” klubini hurmat qilishini tan oldi. Bu haqda u “Barca Universal”ga bergan intervyusida aydti.

“Men “Real”da o‘ynaganman, hech qachon “Barselona”da o‘ynash imkonim bo‘lmagan, lekin men “Barselona”ni sevib qoldim va uni hali ham yaxshi ko‘raman. Meni eng aqldan ozdiradigan narsa bu “Barsa”ning o‘yin uslubi. U yerda futbolchilar nafaqat g‘alaba qozonish, balki futboldan qanday zavq olish haqida ham o‘ylaydi. To‘pga egalik qilish, hujumkor o‘yin. Boshqa hech bir jamoa buni bunday qilmaydi. “Barsa” o‘yinda dadil harakat qiladi, ular hech narsadan qo‘rqmaydi”, deydi Kassano.

Ma’lumot uchun, Kassano “qirollik klubi”da 2006 yildan 2008 yilgacha o‘ynagan. Bu davr mobaynida u barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urishga erishgan. Sobiq futbolchi faoliyati davomida “Bari”, “Roma”, “Sampdoriya”, “Milan”, “Inter”, “Parma” va “Verona” klublarida to‘p tepgan. Sobiq futbolchi hozirda 42 yoshda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Antonio Kassano

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing