Sobiq prezident qarorgohi o‘rnida stadion, masjid va turarjoy quriladi
Olam
−
05 may 19855 1 daqiqa
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi sobiq prezident Nursulton Nazarboyev qarorgohidagi 226 gektar yer bolalar ehtiyojlari uchun emas, balki stadion, masjid va turarjoylar qurilishi uchun berilishi mumkin. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatdagi sobiq prezidentning bir nechta qarorgohlarini bolalar ehtiyojlari uchun topshirish tashabbusi 2023 yil fevralida boshlangan edi. O‘shanda Kostanay, Taraz, Oqtau, Otirau va Oqto‘be shaharlaridagi qarorgohlarini bolalar ehtiyojlari uchun berish rejalashtirilgan.

Mang‘istau viloyatidagi sobiq prezidentning qiymati 1 milliard tengega teng qarorgohi Kaspiy dengizi sohilida, Oqtau shahri chekkasida joylashgan. Asosiy binoga yaqin joyda ko‘kalamzor hudud, asfalt yo‘l va hatto vertolyot maydonchasi mavjud. Dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish uchun qirg‘oqda kichik bino va qayiq uchun to‘xtash joyi bor.

2023 yilning fevralida tashabbus e’lon qilingach, Mang‘istau hokimligi bu qarorgohni bolalarga berish ustida ish boshlaganini bildirgan edi. Ammo keyinroq ma’lum bo‘lishicha, yer xususiy mulkda bo‘lgan. O‘sha yilning avgust oyida rasmiylar hududni davlat tasarrufiga qaytarishga erishganini ma’lum qilgan.
2024 yil dekabrida esa, bu yerda 10 ming o‘rinli stadion, masjid, bolalar maydonchalari va kichik hamda o‘rta biznesni rivojlantiruvchi ob’ektlar qurilishi rejalashtirilgani ma’lum qilingan.