Sobiq Prezident Atamboyev Batukayev ishi bo‘yicha tergovdan bosh tortdi
Olam
−
12 Oktabr 2019
4681Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev ayblanuvchi sifatida qonundagi o‘g‘ri Aziz Batukayevning noqonuniy ravishda ozod qilinishi haqidagi ish sud majlisiga kelishni rad etdi. Bu haqda Kloop Atamboyevning advokati Sergey Slesarevga tayanib xabar bermoqda.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Atamboyev "rasmiylar taklif qilgan o‘yinda qatnashishdan bosh tortgan". Sud ishiga aloqador boshqa shaxslar, shu jumladan sobiq Bosh prokurorlar Indira Joldubayeva hamda Aida Salyanovlar kelganiga qaramay, sud jarayoni 14 oktyabrga qoldirildi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida sud Atamboyevga nisbatan ehtiyot chorasini - 26 oktyabrgacha MXDQ tergov hibsxonasida ushlab turish haqida qaror chiqargandi. Tergov izolyatorida bo‘lgan ayblanuvchi nima uchun sudga olib borilishi mumkinligi aniqlanmagan.
2013 yilda qonudagi o‘g‘ri Aziz Batukayev rak kasalligi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida Qirg‘iziston koloniyasidan ozod qilingan. Shu kuni u shaxsiy samolyotda Rossiyaga uchib ketdi. Tez orada uning kasalligi haqidagi hujjatlar soxta ekani ma’lum bo‘ldi, ammo Qirg‘iziston rasmiylari qonunni buzgan o‘g‘rini topishga ulgurmadi. Qochqin Chechenistonda jazo muddatini o‘tamoqda va Rossiyani tark etolmaydi. Qirg‘izistonda Batukayevning qochib ketgani uchun hech kim jazolanmadi, ish tergovi vaqtincha to‘xtatildi.
2019 yil bahorida, Atamboyevdan dahlsizlikni olib tashlash masalasi ko‘rib chiqilayotganda Batukayev masalasi tiklandi. Keyin Batukayev kasalligi bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etgan shifokorlar va yuqori lavozimli amaldorlar hibsga olindi. Bosh vazirning sobiq o‘rinbosari Shamil Ataxanov Atamboyevga qarshi ko‘rsatma bergan va uy qamog‘ida qoldirilgan.
Shu yilning iyun oyida sobiq Prezidentning dahlsizligi bekor qilindi. Shundan so‘ng, u bir necha bor guvoh sifatida so‘roq qilish uchun chaqirilgan, ammo u kelishni rad etgan. Joriy yilning 7 avgust kuni maxsus kuchlar sobiq Prezidentning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi qarorgohiga hujum qildi. 8 avgust kuni kechqurun Atamboyev rasmiylarga taslim bo‘ldi. Unga Batukayev ishi bo‘yicha ham, korrupsiya bo‘yicha qator tergovlar, shuningdek, Qo‘y-Toshdagi tartibsizliklar bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilgan.
LiveBarchasi