Sobiq xotinini o‘ldirgan erkak 11 yilga qamaldi
Jamiyat
−
01 iyun 2019
4201Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining o‘z binosida ochiq sud majlisida shar’iy nikohida bo‘lgan xotinini o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ish hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi T. Adilov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2018 yil 15 dekabr kuni soat 23:50 larda 2013 yildan 2018 yilning oktyabr oyiga qadar Navoiy shahrida shar’iy nikohda birga er-xotin sifatida yashab kelgan fuqaro S. Olimovani avvaldan o‘rtalarida kelib chiqqan nizoni hal qilib olish va uni yana er-xotin sifatida birga yashash masalasida o‘zaro gaplashib olish bahonasida Navoiy shahar, Nizomiy ko‘chasida joylashgan “Anhor” kafesi yoniga chaqirgan. Ular Karmana tumani, “Kalovat” MFY hududidagi “Karmana-Qiyot” fermer xo‘jaligi ekin maydoni yonidan o‘tgan mahalla ichki ko‘chasiga qadar piyoda S. Olimova o‘zi bilan olib kelgan pivo va konyak spirtli ichimliklarini birgalikda iste’mol qilib borishgan.
Fuqaro S. Olimova T. Adilov bilan birga er-xotin sifatida yashashni hoxlamasligini, undan ko‘ngli sovigani va unga xiyonat qilgan holda boshqa bir erkak bilan yaqindan aloqada bo‘lib kelayotganini yuziga ochiqdan-ochiq ma’lum qilgan hamda unga nisbatan haqoratli so‘zlarni aytishdan to‘xtamasdan “Karmana-Qiyot” fermer xo‘jaligining ekin yeri maydoni tomonga qochgan.
T. Adilov S. Olimovani uni kamsitib, haqorat qilganidan g‘azablanib, egnida bo‘lgan qishki kiyimining cho‘ntagida doimiy olib yuruvchi kichik hajmli yig‘ma pichog‘i bilan S. Olimovani qasddan o‘ldirish maqsadida uni “Karmana-Qiyot” fermer xo‘jalining ekin yeri maydoni chetidagi ariq yoniga qadar ta’qib qilib, uni yerga yiqitib olib, yonida bo‘lgan pichoq bilan S. Olimovaning bo‘yin sohasidan kesib uni qasddan o‘ldirib, voqea joyidan yashiringan.
Sudlanuvchi e’lon qilingan aybga qisman iqrorlik bildirib, Navoiy shahar IIBga borib sodir qilgan jinoyatini ularga ma’lum qilgani haqida ko‘rsatma berib, qo‘l urgan qilmishidan pushaymonligini bildirib kechirim so‘rab adolatli qaror chiqarishni so‘radi.
Sudlanuvchi T. Adilovning sodir etgan jinoiy harakati o‘zining aybiga iqrorlik bildirib bergan ko‘rsatmasidan tashqari, jinoyat ishida tekshirilgan dalillar majmui bilan o‘z tasdig‘ini topdi.
Sud, ishning barcha holatlarini sinchkovlik bilan o‘rganib, dalillarga baho berib, T. Adilovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topib, unga shu modda bilan 11 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
LiveBarchasi